Superklub Ronaldu transferi bo‘yicha ish boshladi

  • 13 noyabr, 2021, 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi mavsus yakunlariga ko‘ra, Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, klubni tark etishi haqida ma’lum qilganidan keyin superto‘purarni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lganlar soni oshib bormoqda.

Tecno

Avvalroq, “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Nyukasl” portugaliyalik hujumchiga xaridor bo‘layotgani aytilgandi. Endi PSJ Ronalduni olish uchun  amaliy harakatlarni boshladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ mutasaddilari Ronalduning agenti Jorje Mendesh bilan aloqaga chiqib, transfer haqida surishtirgan. Parijliklar yozda jamoadan ketadigan Kilian Mbappening o‘rnida Ronalduni o‘ynatmoqchi.

Qolaversa, bu transfer amalga oshsa, PSJ hujumida vujudga keladigan Ronaldu va Messi tandemi jahon futboli muxlislari e’tiborini bu klubga tortadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бухорий Шариф
13/11/2021 23:52
Роналду Месси Жуда қизиқда. Бир жамоада бўлса... тақдирни қаранг нималар бўлмайди дунёда.