Superkompyuter jamoalarning "JCH-2026" yarim finaliga chiqish imkoniyatlarini baholadi
Statistik tahlillar bilan shug‘ullanuvchi Opta Analyst portali jahon chempionati — 2026 musobaqasining chorak final bahslariga oid ehtimoliy natijalarni e’lon qildi. Portal mutaxassislari superkompyuter yordamida to‘plangan ko‘plab raqamli ma’lumotlarni tahlil qilib, har bir juftlikdagi asosiy favoritlarni aniqlagan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, yarim finalga chiqish uchun eng katta imkoniyat Fransiya terma jamoasiga tegishli — ularning keyingi bosqichga yo‘l olishi 74 foizga baholangan. Eng keskin va natijasi oldindan aytib bo‘lmaydigan to‘qnashuv sifatida esa Angliya va Norvegiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin qayd etilmoqda.
Fransiya (74%) — Marokko (26%);
Ispaniya (70%) — Belgiya (30%);
Argentina (69%) — Shveytsariya (31%);
Angliya (62%) — Norvegiya (38%).
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati — 2026 musobaqasi 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSh, Meksika va Kanada hududlarida o‘tkaziladi. Hozirgi amaldagi jahon chempioni maqomi Argentina terma jamoasiga tegishli.

Fikrlar