Superkubok. "Nasaf" yulduzi va "Paxtakor" etakchisi maydonga tusha olmaydi

  • 24 fevral, 2022, 18:54
  • 0
  • Futbol

27 fevral kuni Yaypandagi "O‘zbekiston" stadioni O‘zbekiston Superkubogiga mezbonlik qiladi.

O‘zPFL matbuot xizmati xabariga ko‘ra, har ikki jamoadan 1 futbolchi mazkur bahsda maydonga tusha olmaydi. "Sherlar" etakchisi Sherzod A’zamov Superliga o‘tgan mavsumi so‘nggi turida qizil kartochka olib, maydonni tark etgandi. Uning diskvalifikatsiyasi bor.

"Ajdarlar"dan esa, Oybek Bozorov klubga yordam bera olmaydi. Boisi, u O‘zbekiston Kubogi finalida aynan toshkentliklarga qarshi bellashuvni chetlatish tufayli oxiriga etkazib qo‘ya olmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Superkubogi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!