
Superliga. Bir kishi kam bo‘lib qolgan "Metallurg" safarda "Bunyodkor" bilan durang o‘ynadi
Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Metallurg" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab 17-daqiqada Umarali Rahmonaliev mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 67-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Damir Temirov muvozanatni tikladi.
Mazkur natijadan so‘ng "Bunyodkor"ning ochkolari soni 11 taga etdi. "Qaldirg‘ochlar" ayni payt turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
"Metallurg" hisobidagi ochkolari sonini 7 taga etkazib oldi. "Ma’danchilar" hozircha jadvalning 10-pog‘onasidan joy egallagan.
Fikrlar