
Superliga. 13-turning ikki o‘yinida VAR tizimidan foydalaniladi
30 iyul, juma kuni O‘zbekiston Superligasining 13-tur bahslari start oladi. Bilasiz, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.
Jumladan, Superliga 13-turidan o‘rin olgan 2 ta bellashuvda Video Assistant Referee tizimi ishlaydi. Unga ko‘ra, “Lokomotiv” – “Nasaf” va “Paxtakor” – “Bunyodkor” o‘yinlarida VAR tizimidan foydalaniladi.
Ta’kidlash joiz, ikkinchi davradan e’tiboran VAR tizimi ishlaydigan o‘yinlar sonini oshirish rejalashtirilmoqda.
30 iyul, juma
LOKOMOTIV – NASAF
VAR hakami: Ahrol Risqullaev
VAR assistent: Timur Gaynulin
VAR nazoratchisi: Vladislav Tseytlin
31 iyul, shanba
PAXTAKOR – BUNYoDKOR
VAR hakami: Firdavs Norsafarov
VAR assistent: Jahongir Saidov
VAR nazoratchisi: Valentin Kovalenko
Fikrlar