
Superliga. 20-turda jamoalarning imkoniyatlari qanday?
20-21-22 sentyabr kunlari Superliganing 20-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu turda ham qiziqarli uchrashuvlar bizni kutib turibdi. Chempionni aniqlab olishimiz mumkin, quyi ligaga tushib ketmaslik uchun kurashlar qizg‘in pallaga kelgan. Hullas mavsumning eng qiziqarli onlariga kelib ulgurdik. 20-tur bellashuvlarida jamoalarning imkoniyatlarini to‘htalib o‘tamiz.
"Dinamo" - "Andijon"
Kurashlarga boy va qizg‘in tarzda kechadigan uchrashuv bo‘lsa kerak. Ikkala jamoa ham ayni damda g‘alabaga chanqoq holatda. 19-turda "Dinamo" mehmonda AGMKga 3:1 hisobida yutqazib qo‘ygandi.
"Andijon" ham safarda "So‘g‘diyona"ga qarshi bahs olib bordi va nursiz 0:0 hisobida durang o‘ynadi.
Qaysi jamoa g‘alaba qozonishinin oldindan bilish qiyin, ammo samarqandliklar o‘z uylarida bo‘lganlari uchun kichik ustunlikga egalar.
Imkoniyatlar: 55% - 45%.
"Qo‘qon-1912" - "Lokomotiv"
Ushbu turdan so‘ng "Paxtakor"ning chempion bo‘lish ehtimoli mana shu uchrashuvga ham bog‘liq. So‘nggi uchrashuvlarda g‘alabalarni qo‘lga kirita olayotgan qo‘qonliklar "Loko"ni mag‘lub eta olsalar yoki durang o‘ynashsa ham "Paxtakor" rasman chempionlikni tantana qiladi. "Temiryo‘chilar" tarkib jihatdan katta ustunlikga ega bo‘lsalarda natijalari ko‘ngildagidek kechmayapti. Ko‘ramiz "Qo‘qon-1912"ning g‘alabali yurishi davom etadimi?
Imkoniyatlar: 45% - 55%.
"Surxon" - AGMK
Yana bir qiziqarli va qiyin uchrashuv. "Surxon" yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan jamoa. Olmaliq klubi esa jangovar tarkibga ega. "Surxon" klubini "Qo‘qon-1912"ga yutqazib qo‘yganini hisobga olmasa, so‘nggi o‘yinlarni yuqori tempda o‘tqazib kelishmoqda. Bugungi bahsda ham imkoniyatlari nisbatan yuqoriroq bo‘lsa kerak. Ammo AGMK ham oson raqib emas.
Imkoniyatlar: 60% - 40%.
"Metallurg" - "Paxtakor"
Jeparov, Andreev, Lobanov, Muzaffarov kabi yana bir qator tajribali futbolchilarga ega bo‘lgan bekobodliklar o‘z uylarida "Paxtakor" chempionlikni nishonlashiga to‘sqinlik qila olisharmikan? Zero, Toshkent klubi mavsumda birorta ham uchrashuvda imkoniyatni boy berishmadi. Baribir "sherlar"ning g‘alabasini oldindan tahmin qilish qiyin bo‘lmay qoldi.
Imkoniyatlar: 35% - 65%.
"So‘g‘diyona" - "Navbahor"
Jizzaxda turning markaziy o‘yinlaridan biri kutmoqda. Sababi, "So‘g‘diyona" tartibli va chiroyli futbol ko‘rsatmoqda. "Navbahor" jamoasi esa o‘z oldiga jiddiy masqadlarni qo‘ygan va klub bosh ruliga Kanchelskis qaytib kelgan. Shiddatli va kurashlarga boy tarzda kechadigan uchrashuvda kimni qo‘li baland kelishini ertangi o‘yindan so‘ng bilib olamiz.
Imkoniyatlar: 50% - 50%.
"Bunyodkor" - "Qizilqum"
Vadim Abramov shogirdlari ikkinchi o‘rin uchun jiddiy kurash olib bormoqda. Ammo o‘tgan turda "Qo‘qon-1912" jamoasiga kutilmaganda yirik hisobda yutqazib qo‘ydi. Bu safar Zarafshonning "Qizilqum" klubi toshkentliklarga raqiblik qiladi. "Qaldirg‘ochlar" o‘z uylarida uncha-muncha jamoaga imkoniyat qoldirishmaydi. Biroq, "Qizilqum" quyi ligaga tushib ketmaslik uchun bor kuchini maydonga tashlashi kutilmoqda.
Imkoniyatlar: 65% - 35%.
"Nasaf" - "Buxoro"
Yuqori o‘rinlar uchun kurash olib borayotgan "Nasaf" klubi o‘z uyida turnir jadvalining eng pastgi pog‘onasidan joy olib turgan "Buxoro"ni qabul qiladi. Qashqadaryoda kechadigan har qanday uchrashuv doim qiziq kechgan. Muxlislar yaxshi muhitni yarata olishadi. BU mavsum Superligada yaqqol "autsayder" bo‘lgan klubning o‘zi yo‘q. So‘nggi turlarda, Superligada jon saqlab qolish uchun kurash jiddiy, keskin va qiziqarli kechishi aniq. "Buxoro" so‘nggi o‘rinda turganligni inobatga olib, ushbu bellashuvning ahamiyati qanchalik muhim ekanligini ham bilib olishimiz mumkin.
Imkoniyatlar: 60% - 40%.
Fikrlar