Superliga. 22-turda jamoalarning imkoniyatlari qanday?
Terma jamoamizning o‘yinlari tufayli O‘zbekiston chempionatida kichik tanaffus yuzaga keldi. Yakuniga etib qolay, degan Superligamizning 22-turiga ham etib keldik. Chempion nomi bo‘lib ulgurgan, ammo ChL yo‘llanmasi uchun va yuqori ligada jon saqlab qolish uchun harakat qilayotgan jamoalar o‘rtasida shiddat, keskinlik yanada avj olgan. Xo‘sh, ushbu turdagi o‘yinlar uchun klublarning imkoniyatlariga baho berib ko‘ramiz.
"Qo‘qon-1912" - "Qizilqum"
Ketma-ket g‘alabalar va mag‘lubiyatsiz seriyani namoyish etib, 21-turda "Metallurg" klubiga yutqazib qo‘ygan qo‘qonliklar "Qizilqum"ga qarshi o‘yinda yorqin o‘yinlari tasodif emasligini isbotlashlari kerak bo‘ladi. Zarafshonliklar esa chempionatimizning etakchi jamoalaridan biri hisoblanmush "Lokomotiv" jamoasidan ochko tortib olishni uddasidan chiqishgandi. 1 oktyabr kungi uchrashuvda ko‘pchilik Toshkent jamoasini g‘alabasiga shubha ham qilishmagandi. Ammo "Qizilqum" ham hali Superligani tark etih niyati yo‘qligini ko‘rsatib bera oldi. Bugun shiddatli o‘yin bo‘lishi tabiiy.
Sababi mag‘lub bo‘lgan jamoa havfli zonada qolib ketish ehtimoli katta.
Imkoniyatlar: 55% - 45%.
"Metallurg" - "So‘g‘diyona"
Yuqori ta’kidlaganimizdek, bekobodliklar g‘alabali seriya namoyish etgan "Qo‘qon-1912" jamoasini o‘tgan turda mag‘lub etishgandi. Tarkibda tajribali futbolchilar jamlangan. Ammo jamoaga baribir barqarorlik etishmayapti. Gohida, kutilmagan g‘alabaga erishishmoqda yoki kutilmagan mag‘lubiyatni qabul qilib olishmoqda. "So‘g‘diyona" jamoasi qiyin bo‘lsa-da 2-o‘rin uchun imkoniyatni saqlab turibdi.
Mavsumni ko‘taring-ki ruhda o‘tkazayotgan jizzaxliklar faqatgina Toshkentning 3 ta klubidan ortda qolishmoqda. Biroq, bugungi bahsda jamoa vaziyatni o‘zgartirib yuborish imkoniga ega.
Imkoniyatlar: 40% - 60%.
"Bunyodkor" - AGMK
Kubok bahsidagi o‘zaro o‘yindan so‘ng, Abramov va Qosimov qarama-qarshiligiga Superligada ham yana bir bor guvoh bo‘lamiz. Tarkib va taktik jihatdan yuqori salohiyatga ega bo‘lgan ikki klubning to‘qnashuvi juda qiziqarli tus olishi tabiiy. Bunga sabab, Abramovning terma jamoadagi g‘alabalardan keyin, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortganiga shubha yo‘q. Bundan tashqari, kubokdagi alamli mag‘lubiyatdan so‘ng, "revansh" olishga bo‘lgan urinish ham ushbu bellashuvda intrigani taqdim etadi. Bu bahsga har kim turli hil fikr bildiradi. To‘g‘risini aytganda, bunday o‘yinlarda qandaydur tahmin bildirish ham murakkab.
Ammo Qosimov shogirdlarini imkoniyatlarini biroz yuqori baholaymiz.
Imkoniyatlar: 45% - 55%.
"Surxon" - "Navbahor"
Ikkita yuqori o‘rinlar uchun jiddiy kurashayotgan klub. O‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan jamoalar.
O‘ta jonkuyar muxlislarga ega bo‘lgan ikkita ajoyib klub. Superligada 5 va 6-o‘rinlarni egallab turgan va ikki klubni bor-yo‘g‘i 2 ochkolik farq ajratib turgan qiziqarli va super to‘qnashuv guvohi bo‘lamiz.
So‘zsiz, bu 22-turning eng markaziy uchrashuvi. Bu uchrashuvdan keskin kurashlarga boy bo‘lishini kutish mumkin. Sababi, mag‘lub bo‘lgan jamoaning yuqori o‘rinlar uchun bo‘lgan imkoniyati pasayib ketadi. 6 ochkoga teng bo‘lgan uchrashuvda kimni qo‘li baland kelishini qiziqarli uchrashuv yakuniga etganidan so‘ng, bilib olamiz.
Imkoniyatlar: 50% - 50%.
"Lokomotiv" - "Buxoro"
ChL yo‘llanmasini beruvchi 2-o‘rinni egallab turgan "temiryo‘lchilar" so‘nggi turlarda muhim ochkolarni yo‘qotishdi. Ketma-ket oxirgi 6 ta turning naqd 5 tasida 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Har tomonlama baquvvat ko‘rinishga ega bo‘lgan klub uchun albatta, bu achinarli holat. Buxoroliklarni esa ochko yo‘qotishga haqqilari yo‘q. Jamoaga g‘alaba suv va havodek zarur. Raqib kim bo‘lishidan qat’iy nazar faqat g‘alaba uchun kurashishadi. Sababi, Superliga yakuniga etmoqda, klub esa havfli zonalarga yaqin yuribdi. Bundan buyog‘iga quyi o‘rinlarni egallab turgan jamoalarning shiddati oshib ketishi hech kimga sir emas.
Imkoniyatlar: 55% - 45%.
"Dinamo" - "Paxtakor"
Ochig‘i "Paxtakor"ni to‘xtadigan jamoa topilmayapti. Bu uchrashuvda sensatsiya qayd etilish ehtimoli kamdek nazarimda. Sababini yaxshi bilasiz, Samarqand klubi mavsum boshidagi natijalarni namoyish etmay qo‘yishdi. Bu mavsum yaqqol favoritlik qilgan toshkentliklarga qarshi "Dinamo"ning oxirgi paytlardagi o‘yini bilan qarshilik qilish qiyin.
Imkoniyatlar: 35% - 65%.
"Nasaf" - "Andijon"
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari aslida yomon o‘yin ko‘rsatishmayapti. Ammo ko‘p hollarda jamoaga omad etishmayapti. Buni qarangki, Superligada "Nasaf" so‘nggi bor , 11 avgust kuni "Bunyodkor" (3:1) ustidan g‘alaba qozongan ekan. Aslida, qarshiliklarni yuqori o‘rinlar uchun kurashishi kutilayotgan edi. Ammo bunday imkoniyat keskin tusda pasayib ketdi. Jamoa uchun "Andijon" u qadar jiddiy raqib emasdek go‘yo, ammo andijonliklarni ishtahalari ochilib ketgan. Kam hollarda ochko yo‘qotadigan "So‘g‘diyona"ga mag‘lub bo‘lishmadi. "Surxon"ni mag‘lub etishdi. Superligada jon saqlab qolish uchun barcha jamoalar o‘zlarining eng yuqori o‘yinlarini namoyish etishga urinishmoqda. "Ajdarlar" o‘z uylarida o‘ynashlarini hisobga olsak, imkoniyatlari yuqoriroq ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Imkoniyatlar: 55% - 45%.
Fikrlar