
Superliga. 6-turning bitta o‘yinida VAR tizimi ishlaydi
15 aprel, payshanba kuni Superliganing 6-tur bahslari start oladi. Bilasiz, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda.
Jumladan, Superliga 6-turidan o‘rin olgan 1 ta bellashuvda Video Assistant Referee tizimi ishlaydi. Bu haqda O‘zPFL rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Unga ko‘ra, “Lokomotiv” – “Bunyodkor” bahsida VAR tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda.
16 aprel, juma
LOKOMOTIV – BUNYoDKOR
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Sanjar Shoyusupov, Alisher Usmonov, Doston Mirzaraimov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
VAR hakami: Aziz Asimov
VAR assistent: Jahongir Saidov
Operator: Sherali Janaliev
Texnik mutaxassis: Otabek Sodiqov
Komissar: Zoxirjon Akramxonov.
Fikrlar