Superliga. Amaldagi chempion vodiyda mehmon bo‘ladi (prevyu)
"Paxtakor" Superliganing 9-turida Yaypanda "Qo‘qon-1912" mehmoni bo‘ladi.
"Qo‘qon-1912"ga qarshi chempionatlarda o‘tgan 32 bahsning 19 tasida "Paxtakor" zafar quchgan. 7 o‘yinda durang qayd etilgan bo‘lsa, 6 marta qo‘qonliklar g‘alaba qozongan. "Sherlar" raqib darvozasini 84 marta ishg‘ol qilgan, "shunqorlar" esa 45 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
"Qo‘qon-1912" mezbonlik qilgan uchrashuvlarda toshkentliklar 5 g‘alaba, 5 mag‘lubiyat va 6 durang qayd etgan. Safardagi o‘yinlarda ikki jamoa ham 27 to‘p kiritib, 27 gol o‘tkazib yuborgan.
"Qo‘qon-1912" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi bugun Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida soat 16:45da boshlanadi.
Manba: "Paxtakor" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar