Superliga. Aprel oyining eng chiroyli goli aniqlandi!
Superligada aprel oyining eng chiroyli goli e’lon qilindi. Unga ko‘ra, "So‘g‘dina" futbolchisi Doniyor Abdumannopov oyning eng chiroyli goli muallifi, deb topildi.
Shuningdek, Abdumannopov bilan bir qatorda eng chiroyli gol muallifi bo‘lish uchun Dragan Cheran ("Paxtakor"), Fransis Narx ("Bunyodkor"), Sanjar Tursunov (AGMK), Aleksandr Eshich ("Neftchi"), Umarali Rahmonaliev ("Bunyodkor") va Sanjar Shoahmedov ("Qizilqum") kabi futbolchilar o‘rin olgan edi.



Fikrlar