
Superliga: Birinchi davraning penaltilari haqida to‘liq ma’lumot
Superliganing birinchi davrasi yakuniga ko‘ra umumiy 39 ta penalti tepildi. Bulardan 33 tasi aniq amalga oshirilib, 6 tasi gol bilan yakunlanmadi. Eng ko‘p "Paxtakor" klubi 7 bor 11 metrlik nuqtadan zarba berdi va barchasini aniq amalga oshirdi. Qarshining "Nasaf" jamoasi esa, birorta ham penalti tepmadi. "Paxtakor"dan Dragan Cheran va "Bunyodkor" klubi futbolchisi Hurshid G‘iyosov barchadan eng ko‘p penaltidan gol urishgan (5 marttadan). Eng omadsiz jamoa AGMK bo‘ldi. Ular 5 ta penaltini 3 tasidan unumliy foydalana olishmadi. Aynan AGMK futbolchisi Dilshod Jo‘raev 2 bor penaltida omadi kelmadi. AGMKning yana bir futbolchisi Muqimjon Toshmatov, "Qizilqum"dan Grigalashvili, "Surxon" vakili Sherzod Karimov, "Lokomotiv" xujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov va "Navbahor" legioneri Kasyan bir marttadan 11 metrlik nuqtadan gol ura olishmadi.
Eng ko‘p jabr ko‘rgan "Qo‘qon-1912" darvozasiga 7 bor penalti belgilangan va raqiblar barchasini gol bilan yakunlashgan. "Navbahor" va "Qizilqum" klublari darvozasi tomon 5 marttadan 11 metrlik nuqtani hakamlar ko‘rsatishgan va raqiblari 4 marttadan gol urib, bittadan gol ura olishmagan. "Andijon" darvozasiga 4 martta penalti tepilib barchasi gol bo‘lgan. Toshkentning "Bunyodkor" va Samarqandning "Dinamo" klublari tomon 3 marttadan penalti tepildi. Toshkentliklarga 2 martta, samarqandliklar darvozasiga esa 1 bor penaltidan yo‘l topilgan. AGMK, "Nasaf", "Lokomotiv" darvozasi tomon 2 marotabadan 11 metrlik nuqtadan gol urildi. "So‘g‘diyona" va "Metallurg" klublari darvozasiga ham 2 marttadan penalti tepildi, ammo raqiblar bittadan golni nishonlashga erishishdi. "Buxoro" va "Paxtakor" jamoalari darvozasiga hakamlar bor yo‘g‘i bir marttadan penalti belgilashdi va raqiblar bu imkoniyatni qo‘ldan boy berishmagan. "Surxon" klubi himoyadagi yaxshi o‘yini evazigami yoki boshqa sabab, biror marotaba raqiblarga penalti tepish imkonini qoldirishmadi.
Kim necha martta 11 metrlik nuqtani tepdi va unumliy foydalandi:
AGMK 5(2)
"Andijon" 1(1)
"Buxoro" 2(2)
"Bunyodkor" 5(5)
"Dinamo" 2(2)
"Metallurg" 3(3)
"Nasaf" 0
"Navbahor" 3(2)
"Paxtakor" 7(7)
"Qo‘qon-1912" 3(3)
"Qizilqum" 2(1)
"Surxon" 3(2)
"So‘g‘diyona" 1(1)
"Lokomotiv" 2(1)
Penaltidan kimlar gol urdi:
Dragan Cheran ("Paxtakor") 5
Hurshid G‘iyosov ("Bunyodkor") 5
Stanislav Andreev ("Metallurg") 3
Darko Stanoevich ("Surxon") 2
Murod Xolmuhammedov ("Qo‘qon-1912") 2
Aleksandr Kasyan ("Navbahor") 2
Jasur A’zimov ("Dinamo") 2
Ro‘zimboy Ahmedov ("Andijon") 1
Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor") 1
Marat Bikmaev ("Paxtakor") 1
Vladimir Baenko ("Buxoro") 1
Behruz Shodmonov ("Buxoro") 1
Shaxboz Erkinov ("Qo‘qon-1912") 1
Elguja Grigalashvili ("Qizilqum") 1
Nikola Milinkovich ("So‘g‘diyona") 1
Igor Yelich ("Lokomotiv") 1
Fikrlar