Superliga. "Buxoro" - "Surxon" bahsida g‘olib nomi aniqlanmadi
O‘zbekiston Superligasi 17-turidan o‘rin olgan "Buxoro" - "Surxon" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, Asilbek Qayumov 80-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, 88-daqiqada Jahongir Abdusalomov muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oladigan bo‘ldi.



Fikrlar