Superliga. Dastlabki 2 ta o‘yindagi qiziqarli faktlar!
Kecha Superliganing 8-turiga start beriladi. Rejaga ko‘ra, ikkita o‘yin – “Neftchi” – “Olimpik” hamda “Bunyodkor” – “Metallurg” uchrashuvlari o‘tkazildi. Mazkur bellashuvlardan so‘ng, O‘zPFL matbuot xizmati ikkita o‘yinga doir qiziqarli faktlarni ma’lum qildi.
- “Neftchi” 7 ta turdan buyon g‘alabaga erishmadi.
- “Olimpik” navbatdagi uchrashuvdan so‘ng Coca Cola Superliganing joriy mavsumidagi eng ko‘p durang qayd etgan (5 durang) jamoaga aylandi.
- “Metallurg” joriy mavsumda mehmonda g‘alaba qozona olmadi.
- “Bunyodkor” minus uch to‘p farqi bilan turnir jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.
- Umar Rahmonaliev (“Bunyodkor”) ushbu mavsumda Coca Cola Superligasida gol kiritgan eng yosh futbolchi (3 gol). U mavsumdagi birinchi golini 18 yosh 225 kunligida kiritgan (“Bunyodkor” – “Dinamo” uchrashuvida).

Fikrlar