
Superliga. Dastlabki gol, penalti, sariq kartochka yoxud birinchi kunda nimalar bo‘ldi?
Bugun Superliga yangi mavsumining ikki o‘yini bo‘lib o‘tdi. O‘zPFL matbuot xizmati mazkur o‘yinlarga doir statistik ma’lumotlarni taqdim etdi.
- 2 o‘yinda faqat bitta gol urildi, 9 bor sariq kartochka ko‘rsatildi
- Dastlabki penalti belgilandi
- Mavsumning birinchi goli Shahzodbek Ubaydullaevga ("Neftchi") yozildi
- Ilk sariq kartochka Abbos G‘ulomovga ("Neftchi") ko‘rsatildi
- "Qo‘qon-1912" jamoasining 18 o‘yindan iborat golli seriyasi yakun topdi
- "Neftchi" 1230 kundan keyin Superligada 3 ochkoga erishdi
- "Olimpik" Superligadagi dastlabki ochkosini ishlab oldi
- "Olimpik" va "Surxon" jamoalari o‘rtasida "Paxtakor" stadionida o‘tgan bahsni tomosha qilish uchun 952 nafar muxlis keldi
- "O‘zbekiston" o‘yingohida o‘tgan "vodiy derbisi"ni 5250 nafar tomoshabin stadionning o‘zidan kuzatdi
Fikrlar