Superliga: Davom etayotgan yaxshi an’analar va barbod bo‘lgan rekordlar (Video)

  • 19.03.2019 17:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Paxtakor” – “Lokomotiv” o‘yini bilan Superligada 1-tur o‘yinlari yakunlandi. SPORTS.uz saytida berib borilayotgan o‘zbek futboli tahlili va statistikasi muallifi Baxtiyor Shirinov ilk turning raqamlari, qiziqarli faktlarini taqdim etdi.

Superliga: Duranglar zanjiri, Kimda qancha? Barham topgan noxush an’analar haqida

Superliga: Yaxshi start ola olmayotgan AGMK va “Dinamo” hamda “Surxon”ning antirekordi haqida

Quyida dastlabki turning o‘ziga xos natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Davom etayotgan yaxshi an’analar

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi ilk turda mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. “Sherlar” oxirgi marta 2010 yil safarda “Bunyodkor”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lishgan. Shundan keyin faqat bir marta 2015 yil “Olmaliq” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan. Qolgan barcha uchrashuvlarda zafar quchgan.

  1. “Bunyodkor” – “Paxtakor” 2:1
  2. “Paxtakor” – “Qizilqum” 2:0
  3. “Buxoro” – “Paxtakor” 0:1
  4. “Paxtakor” – “Navbahor” 2:0
  5. “Andijon” – “Paxtakor” 0:1
  6. “Paxtakor” – “Olmaliq” 1:1
  7. “Paxtakor” – “Andijon” 2:1
  8. “Paxtakor” – “Qizilqum” 3:1
  9. “Paxtakor” – “So‘g‘diyona” 2:0
  10. “Paxtakor” – “Lokomotiv” 3:1

Qarshining “Nasaf” jamoasi esa 1-tur bo‘yicha mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi. Jamoa oxirgi marta 2007 yil ilk turda imkoniyatni boy bergan. Farg‘onada bo‘lib o‘tgan bahsda “Neftchi” 2:1 hisobida g‘alaba qozongan. Shundan beri “ajdarlar” mavsum debyutini qaerda o‘tkazishidan qat’iy nazar mag‘lub bo‘lmay kelishmoqda.

  1. “Neftchi” – “Nasaf” 2:1
  2. “Nasaf” – “Dinamo” 1:0
  3. “Nasaf” – “Sho‘rtan” 4:2
  4. “Nasaf” – “Sho‘rtan” 0:0
  5. “Nasaf” – “Andijon” 2:0
  6. “Dinamo” – “Nasaf” 0:2
  7. “Nasaf” – “Olmaliq” 2:2
  8. “Nasaf” – “Dinamo” 1:0
  9. “Nasaf” – “Andijon” 3:1
  10. “Nasaf” – “Sho‘rtan” 2:1
  11. “Qo‘qon-1912” – “Nasaf” 1:2
  12. “Neftchi” – “Nasaf” 0:0
  13. “Dinamo” – “Nasaf” 1:1

Barbod bo‘lgan rekordlar

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi bu yil 13-marta elitada ishtirok etmoqda. Jamoa 2007 yildan buyon oliy liganing muntazam qatnashchisi. Bu yil jamoaning katta rekordi Jizzaxda “Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyi boshchiligidagi “So‘g‘diyona” tomonidan to‘xtatildi. “Qaldirg‘ochlar” ketma-ket 12 mavsum ilk turni mag‘lubiyatsiz o‘tkazishdi. Shundan 11 tasi ketma-ket g‘alabadan iborat. Jamoa an’anasi o‘tgan yil biroz pasaygandi. Jamoa dastlabki bellashuvni o‘z maydonida AGMKga qarshi boshlab 1:1 durang qayd etgandi. Bu gal esa rekord buzildi.

  1. “Vobkent” – “Bunyodkor” 0:1
  2. “Bunyodkor” – “Navbahor” 1:0
  3. “Dinamo” – “Bunyodkor” 0:1
  4. “Bunyodkor” – “Paxtakor” 2:1
  5. “Mash’al” – “Bunyodkor” 0:2
  6. “Bunyodkor” – “Mash’al” 1:0
  7. “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” 5:0
  8. “Bunyodkor” – “Qizilqum” 2:1
  9. “Bunyodkor” – “Buxoro” 2:0
  10. “Bunyodkor” – “Neftchi” 2:0
  11. “Bunyodkor” – “So‘g‘diyona” 1:0
  12. “Bunyodkor” – AGMK 1:1
  13. “So‘g‘diyona” - “Bunyodkor” 2:1

Poytaxtning yana bir jamoasi “Lokomotiv” ham ilk turda o‘ziga xos rekord qayd etib kelayotgan edi. Ularning ham bu yaxshi an’anasiga “Paxtakor” chek qo‘ydi.

“Temiryo‘lchilar” oxirgi marta mavsum debyutini 2012 yil safarda “Sho‘rtan”ga qarshi bahsni mag‘lubiyat bilan o‘tkazishgandi. 6 yillik rekord 16 mart kuni to‘xtatildi.

  1. “Sho‘rtan” – “Lokomotiv” 2:1
  2. “Lokomotiv” – “Buxoro” 5:1
  3. “Navbahor” – “Lokomotiv” 0:1
  4. “Metallurg” – “Lokomotiv” 0:0
  5. “Navbahor” – “Lokomotiv” 2:3
  6. “Mash’al” – “Lokomotiv” 0:1
  7. “Qizilqum” – “Lokomotiv” 0:3
  8. “Paxtakor” – “Lokomotiv” 3:1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!