
Superliga. "Lokomotiv"ning 13 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyasi o‘z yakuniga etdi
"Lokomotiv" Superliganing 17-turida "Qizilqum"ni 4:2 hisobida mag‘lub qildi. O‘yinda Hakimov, Shodiboev, Abunabiev va Gashenkovlar bittadan gol urishga muvaffaq bo‘lishdi.
Shu tariqa, "temiryo‘lchilar" 13 ta o‘yinlik g‘alabasiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. So‘nggi marta jamoa Superliganing 3-turida "Paxtakor"ni 3:0 hisobi bilan taslim qilgandi.
"Lokomotiv" ushbu g‘alabadan keyin turnir jadvalida 15 ochko bilan 12-pog‘onaga joylashmoqda.
Fikrlar