Superliga. "Metallurg" - "Lokomotiv" o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tadi

  • 2 iyun, 2020, 17:17
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 4-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" o‘yini Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Bu haqad PFL rasmiy sayti xabar bermoqda.

Tecno

Taqvim bo‘yicha, 4-tur doirasidagi "Metallurg" – "Lokomotiv" o‘yiniga Bekobod shahri mezbonlik qilishi kerak edi. Ammo, hozirda Bekobod shahri Respublika maxsus komissiyasi tomonidan xavfsizlik darajasi bo‘yicha ajratilgan hududlar toifasiga ko‘ra "qizil", ya’ni xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan hududga kirgani uchun, uchrashuv ikki tomonning roziligiga ko‘ra Toshkent shahriga ko‘chirildi.

Shu tariqa, dastlabki bellashuvga "Lokomotiv" klubi mezbonlik qiladi. Jamoalarning ikkinchi davradagi uchrashuviga esa "Metallurg" klubi mezbonlik qiladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!