Superliga. "Metallurg" - "So‘g‘diyona": O‘zaro o‘yinlarda ustunlik qaysi jamoa tomonda?

  • 29 avgust, 2023, 13:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 18-turida Bekobodning "Metallurg" hamda Jizzaxning "So‘g‘diyona" jamoalari kuch sinashadi.

Tecno

“Metallurg” va “So‘g‘diyona”jamoalari bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 43 ta o‘yin o‘tkazgan: 18 ta uchrashuvda jizzaxliklar, 16 tasida bekobodliklar zafar quchgan. 9 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 60:55, “So‘g‘diyona” foydasiga.

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. “So‘g‘diyona” 2001 yilda o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4.

Ushbu jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 13 g‘alaba, 3 durang, 5 mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 31:21.


Bekoboddagi so‘nggi beshta uchrashuvda qayd etilgan natijalar:

18.09.2022 "Metallurg" - "So‘g‘diyona" 2:1
05.05.2021 "Metallurg" - "So‘g‘diyona" 0:2
12.07.2020 "Metallur" - "So‘g‘diyona" 2:0
18.10.2019 "Metallurg" - "So‘g‘diyona" 0:1
21.04.2018 "Metallurg" - "So‘g‘diyona" 2:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!