Superliga. "Metallurg"dan fantastik kambek!
Superliga 9-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Dinamo" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Maydon egalari safida gollarga Jasur Jumaev (avtogol) va Damir Temirov mualliflik qildi. Mehmonlarning yagona goli Oybek Nurmatov hisobiga qayd etildi.
Mazkur natijadan so‘ng "Metallurg"ning ochkolari soni 10 taga etdi. "Ma’danchilar" ayni payt turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
"Dinamo" hisobidagi ochkolari soni 6 taligicha qoldi. "Arslonlar" hozircha jadvalning 14-pog‘onasidan joy egallagan.

Fikrlar