
Superliga. Namangandagi joriy mavsum ilk bahsi uchun chiptalar qancha etib belgilangan? (Foto)
Xabaringiz bor, "Navbahor" jamoasi Superliga 1-turidan o‘rin olgan bahsni o‘z maydonida “Dinamo” (Samarqand)ga qarshi olib boradi.
Mazkur o‘yin uchun chiqarilgan chiptalar ertaga soat 09:00 dan boshlab, Namangan shahar, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” stadioni, “Kamolot” bog‘i, “Yashil bozor”, Sardoba”dagi “Megapolis” savdo majmuasi, Chorsudagi yakka qabr oldidagi kassalarda sotuvga chiqariladi.
Chiptalar narxi barcha sektorlar uchun bir xil - 30 ming so‘m etib belgilangan.
"Joriy mavsumning ilk bahsida chiptalarni xarid qilishga shoshiling hamda sevimli jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlang, aziz muxlislar!", - deyiladi klub matbuot xizmati bergan xabarda.
Eslatma: “Navbahor” – “Dinamo” o‘yini 1 mart kuni soat 18:30 da start oladi.
Fikrlar