
Superliga. "Nasaf" "Navbahor"ni quvib o‘ta olmadi (Turnir jadvali)
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Qizilqum" hamda "Nasaf" - "Dinamo" uchrashuvlari yakunlandi. Ikkala uchrashuvda ham durang qayd etildi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan bahsning birinchi bo‘limi so‘ngida Elguja Lobjanidze hisobni ochgan bo‘lsa, 51-daqiqada Dostonbek Hamdamov oradagi farqni yo‘q qildi. 56-daqiqada esa Sardor Sobirxo‘jaev qizil kartochka olib maydonni erta tark etdi.
Qarshidagi bellashuvning 11-daqiqada mezbonlar bir kishi kam bo‘lib qoldi. "Ajdarlar" sardori G‘olib G‘aybullaev maydon markazida Kojoga nisbatan qo‘pol harakat qildi va hakam uni maydondan chetlatdi. 24-daqiqada Akmal Mozgovoy hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqada Dushan Miyich hisobni tenglashtirdi.
Bugungi o‘yinlardan keyin turnir jadvli quyidagicha ko‘rinish oldi.
Fikrlar