
Superliga. "Nasaf" oxirgi 5 o‘yinning atigi bittasida "Dinamo"ni mag‘lub eta olgan (prevyu)
Ertaga Superliganing 1-davradagi qoldirilgan 11-turida Samarqandning "Dinamo" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubi bilan bellashadi. Uchrashuv 7 avgust kuni Samarqand shahridagi "Dinamo" o‘yingohida 19:00 da start oladi.
Ushbu jamoalar shu vaqtgacha 40 bor kuch sinashgan. Shulardan 20 bellashuvda "ajdarlar" g‘alaba qozongan. 12 uchrashuvda durang qayd etilgan.
8 bahsda "arslonlar"ning qo‘li baland kelgan. To‘plar nisbatidagi yaqqol ustunlik qarshiliklar tomonida - 57:38.
Jamoalar so‘ngi bor 2019 yilning 30 noyabr kuni Qarshida kuch sinashgan va yakunda samarqandliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
E’tiboringizga jamoalarning oxirgi besh uchrashuvi natijalarini havola qilamiz:
30.11.2019. "Nasaf" - "Dinamo" | 1:2
09.03.2019. "Dinamo" - "Nasaf" | 1:1
20.10.2017. "Nasaf" - "Dinamo" | 3:0
13.05.2017. "Dinamo" - "Nasaf" | 1:1
31.10.2015. "Dinamo" - "Nasaf" | 1:1
Manba: "Nasaf" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar