
Superliga. "Nasaf" Qarshida "Navbahor" bilan durangga imzo chekdi
O‘zbekiston Superligasi 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" bahsi yakunlandi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durangga imzo chekdi.
Tomonlar bir qancha xavfli vaziyatlarga ega bo‘ldi. Ammo uchrashuvda hisob ochish baxti ikki jamoaga ham nasib etmadi.
Shu tariqa, "Nasaf" 15 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi. 16 ochkosi bor "lochinlar" 2-pog‘onadan joy egallagan.
Fikrlar