
Superliga. Qizil muxlislar qizartirgan stadiondagi qizil kartochka, gollar yomg‘iri yoxud "Andijon" "Bunyodkor"ning dodini berdi!
O‘zbekiston Superligasi 2-turidan o‘rin olgan "Andijon" va "Bunyodkor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.
Mazkur bellashuvda mezbonlar yirik 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Maydon egalari safida gollarga Zgurskiy, Bubanya, Mamatkazin, Toirov va Boshnyak kiritdi. Toshkentliklarning yagona golini Jelkovich kiritdi.
Shu tariqa, "burgutlar" ushbu g‘alabadan keyin ochkolarini 4 taga etkazib oldi va jadvalda 1-o‘rindan joy oldi. "Bunyodkor" esa ochkosiz holda so‘nggi 14-pog‘onani band etib turibdi.
Fikrlar