Superliga. "Qizilqum" - "Navbahor" o‘yinida ustunlik kim tomonida?

  • 29.04.2022 18:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston Coca Cola Superligasi 6-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” Navoiyda “Qizilqum” klubi mehmoni bo‘ladi.

Mazkur jamoalarning Superliga (oliy liga)dagi o‘zaro o‘yinlari statistikasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ushbu klublar 44 marta o‘zaro ro‘baro bo‘lgan.

Ushbu bahslarda “Navbahor” 17 marta, “Qizilqum”  esa 14 marta g‘alaba qozongan, 13 ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan.

To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik namanganliklar tomonida -  56–46.

O‘zaro o‘yinlarda “Navbahor” 64, “Qizilqum” esa 55 ochkoni qo‘lga kiritgan. 

Namanganliklarning navoiyliklar ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi – 4:0 bo‘lsa, “Qizilqum”ning bu boradagi natijasi 3:0 ga teng.

Eslatib o‘tamiz, “Qizilqum” – “Navbahor” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 1 may kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 18:30 da start oladi.

"Navbahor" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!