Superliga. "Qizilqum" hali "singan"i yo‘q
Superliga 10-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Surxon" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda gollarga Komolafe va Abduxoliqov mualliflik qildi. Mehmonlar bugun maydonni golsiz tark etadigan bo‘ldi.
Mazkur natijadan so‘ng "Qizilqum"ning ochkolari soni 17 taga etdi. "Oltin izlovchilar" ayni payt turnir jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
"Surxon" hisobidagi ochkolari soni 6 taligicha qoldi. "Uchar tulporlar" hozircha jadvalning oxirgi 14-pog‘onasidan joy olgan.

Fikrlar