
Superliga. To‘purarlar kurashida kim g‘olib bo‘ldi?
O‘zbekiston Superligasi joriy yilgi mavsumi yakuniga etdi.
"Paxtakor" chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, so‘nggi turdagi g‘alaba evaziga "So‘g‘diyona" kumush medallarini AGMKdan tortib oldi. Olmaliqliklar bronza bilan kifoyalandi.
"Sherlar" hujumchisi Dragan Cheran 16 ta gol bilan turnir to‘purariga aylandi. Eng yaqin ta’qibchi Temurxo‘ja Abduholiqov hisobida 14 gol mavjud. Kuchli uchlikka 13 bor raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan Husain Norchaev yakun yasagan.
Shuningdek, keyingi o‘rinlarda Shohruz Norxonov, Xurshid G‘iyosov va Elguja Grigalashvili bormoqda.
Fikrlar