Superligada bir klub bor: u erda nomdor o‘yinchilar ham, katta pul ham yo‘q, ammo jamoa kuchli...

  • 18 sentabr, 2021, 01:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada navbatda tur o‘yinlari yaqinlashyapti. Jumladan, 19 sentyabr kuni 19-turning dastlabki ikkita o‘yini o‘tkaziladi.

Tecno

“Andijon” o‘z uyida “Paxtakor”ni qabul qilsa, Bekobodda “Metallurg” – “Qo‘qon-1912” uchrashuvi o‘tkaziladi. 21 sentyabrda tur o‘yinlariga yakun yasaladi.

Xullas, oltita o‘yin uch kunda o‘tishi rejalashtirilgan. Shuningdek, “Surxon” – “Nasaf” bellashuvi boshqa muddatga qoldirilgan. Tajribali mutaxassislardan biri Islom Ahmedov oltita juftlik haqida o‘z qarashlarini bildirdi.

19 sentyabr (yakshanba)

“Andijon” – “Paxtakor”

- Bu o‘yinda “Paxtakor” yutadi. Foiz bo‘yicha imkoniyatlarimi? 20 ga 80. “Andijon” jamoasining o‘yinlarini ko‘rdim. Bilasizmi, futbolchilar harakat qilyapti, ammo ular murabbiyni tushunmayapti. Murabbiyning talablarini bilmayapti. Xullas, shunaqa, ularga qiyin bo‘ladi. Buning ustiga “Andijon” bilan “Paxtakor” o‘rtasida har tomonlama katta farq bor. Bu o‘yinda eng kamida ikkita to‘p farqi bilan “Paxtakor” g‘alaba qozonadi, deb o‘ylayman.

andijon4444_1

“Metallurg” “Qo‘qon-1912”

- “Metallurg” jamoasining g‘alabaga bo‘lgan imkoniyati 60 foiz. Bilasiz, bekobodliklar ketma-ket ettita uchrashuvda g‘alaba qozona olmadi. Nihoyat, “Andijon” maydonida uzoq kutilgan g‘alabasiga erishdi va o‘ziga kelyapti. Bilasizmi-yo‘qmi, “Metallurg” o‘z vaqtida butun jamoa bilan vaktsina olgan. Keyin ikkinchi vaktsinani ham oldi. Shundan keyin futbolchilarni o‘ziga kelishiga biroz vaqt kerak. “Metallurg” mana shunday vaziyatga tushib chiqdi. Tushunaman, birinchi navbatda sog‘lik muhim. Ammo chempionat davom etayotgandi. Baribir shu ham ta’sir qildi. “Andijon” bilan o‘yinda ko‘rdim, oxirgi ikki daqiqada o‘yin taqdirini hal qildi. Demak, jamoa o‘ziga kelyapti. Aslida ular har uchrashuvda yaxshi o‘ynayotgandi, faqat nimadir etmayotgandi. Ko‘ryapmizki, jamoa yaxshi o‘ynayapti. Bu safar esa o‘z maydonida to‘p suradi.”Qo‘qon-1912”ni kuchli tomonlari ko‘p, gap bo‘lishi mumkin emas. Lekin har tomonlama bu uchrashuvdagi g‘alaba ko‘proq “Metallurg”ga kerak. Ruhiy faktor ham bor.

kukon_2

20 sentyabr (dushanba)

“Qizilqum” AGMK

- Bu juda qiziqarli o‘yin bo‘ladi. Nimaga deganda, AGMK kuchli raqib, har tomonlama. Ammo “Qizilqum” ham bu mavsumda yaxshi taassurot qoldiryapti. Jamoa o‘yinida barqarorlik bor, yaxshi futbolchilarga ega. “Qizilqum” foydasiga kichik ustunlik bilan 55 ga 45 degan bo‘lardim. Chunki ular o‘z uyida o‘ynayapti.

“Turon” “Navbahor”

- Igor Shkvirin kelganidan keyin “Turon” boshqa jamoaga aylandi. Mening fikrim bo‘yicha, Igor Anatolevich O‘zbekistondagi eng kuchli uch nafar murabbiylar orasiga kiradi. “Turon”ning o‘yini qiziqarli ko‘rinyapti, Shkvirin bu erda albatta natija ko‘rsatadi. “Navbahor”ning “Paxtakor” bilan qanday o‘ynaganini ko‘rdik. Ular ham o‘ziga kelyapti. Jamoalarning imkoniyati teng. Ammo “Navbahor” yutib ketishi ham mumkin.

navbaxor4

21 sentyabr (seshanba)

“Mash’al” “So‘g‘diyona”

- Sizga bitta narsani aytaymi? “Mash’al”ning o‘yini menga yoqyapti. Ammo “So‘g‘diyona” har doim mavsum davomida bitta saviyada o‘ynayapti. Ular bu yil hali yomon o‘yin ko‘rsatishmadi. Balki kimdir yoqtirar, kimdir yoqtirmas, ammo jizzaxliklar bir tempda harakat qilyapti. Ko‘ryapsiz-ku, “So‘g‘diyona” ikkinchi o‘rinda. Holbuki, u erda nomdor o‘yinchilar yo‘q, katta pul yo‘q, ammo jamoa kuchli. Shuning uchun “So‘g‘diyona” g‘alaba bilan qaytishi mumkin.

“Bunyodkor” “Lokomotiv”

- 60 ga 40 “Bunyodkor” foydasiga. Sababi, “Bunyodkor” oxirgi 4-5 ta uchrashuvda ajoyib o‘yin ko‘rsatyapti. Zamonaviy, chiroyli, kombinatsion va ishonchli o‘yin. Ular nafaqat yutqazmayapti, balki yaxshi o‘yin ko‘rsatyapti. “Lokomotiv”ga kelsak, bu jamoa bir o‘yinda barqaror o‘ynasa, keyingisida yo‘q. Bu – klass. “Bunyodkor” esa oxirgi turlarda barqarorlikka erishyapti. O‘yin uslubini topdi. Sifat bo‘yicha o‘sish bor.

bunyodkor2

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!