Superligada may oyining eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi
Superligada o‘tgan may oyining eng yaxshi murabbiyi e’lon qilindi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi matbuot xizmatining xabar berishicha, may oyining eng yaxshi murabbiyi deb “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiev topilgan.
Ta’kidlash kerakki, Berdiev boshqaruvidagi “ajdarlar” o‘tgan oy Superligada 5 ta o‘yin o‘tkazib, shulardan 4 tasida g‘alaba qayd etishdi. Qolgan bitta uchrashuvda esa durang qayd etildi. To‘plar nisbati – 12:2.

Fikrlar