
Superligada peshqadam o‘zgardi
O‘zbekiston Superligasi 12-turi doirasidagi "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar 1:0 hisobida zafar quchdi.
Bahs taqdirini jizzaxliklar yulduzi Shohruz Norxonovning 18-daqiqada kiritgan goli hal etdi. Hujumchi qanotdan oshirilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘lladi.
Shu tariqa, Toshkentda muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritgan "bo‘rilar" ochkolari sonini 23 taga etkazib olgan holda, yakka peshqadamga aylandi. 8-pog‘onadagi "temiryo‘lchilar" hisobida 12 ochko bor.
Fikrlar