
Superliganing "sherlar"i va "ajdarlar"i o‘rtasidagi to‘qnashuvda do‘stlik g‘alaba qozondi!
Superliga 2-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Nasaf" bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv 0:0 hisobidagi nursiz durang bilan yakunlandi.
Ba’zi vaziyatlarda zarbalarga aniqlik etishmagan bo‘lsa, ba’zida darvozabonlar aniq harakat qildi.
Shu tariqa, muxlislar gol ko‘rmasdan uyiga qaytadigan bo‘ldi va joriy turdagi navbatdagi uchrashuvda ham durang qayd etildi.
Fikrlar