Supertalant bizga zo‘tadi! "Siti" birgina aralashuv bilan "Real" transferi barbod qilyapti
Avvalroq «Real» klubi Marokash terma jamoasi va «Lill» yarim himoyachisi Ayub Buaddining o‘yinlarini yaqinidan kuzatayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Madrid klubi yosh futbolchini kelajakda jamoaga qo‘shib olishga bel bog‘lagan. Biroq insayder Matteo Moretto ma’lumoticha, Buaddining ehtimoliy transferi kutilmagan yo‘nalish olishi mumkin.
Yosh yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun «Manchester Siti» ham jiddiy harakat boshlagan. Shuningdek, futbolchiga «Liverpul» va «Arsenal» klublari tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda.
Ayub Buaddi o‘tgan mavsumda «Lill» tarkibida 42 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga bir golli uzatma yozdi.

Fikrlar