
Superto‘purar jamoadagi joyini yo‘qotdi. Uning o‘rniga Messini kutishyapti
“Manchester Siti” tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan biri jarohatidan qutilganidan keyin asosiy tarkibga munosib ekanini isbotlashiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu bosh murabbiy Pep Gvardiolaning talabi.
- Serxioning jarohatidan qutilib, yaxshi sport formasida safimizga qaytgani muhim. Biz uni qadrlaymiz. Lekin endi Aguero xuddi boshqalar qatori jamoada to‘p surishga loyiq ekanini isbotlab qo‘yishi kerak, - deydi Gvardiola.
Keyingi paytlarda, “Manchester Siti” Agueroni ketkazib, o‘rniga erkin agentga aylanish arafasida turgan Lionel Messini olishi haqida gap-so‘zlar tarqatilmoqda. Agueroning o‘zi esa “Inter”ga o‘tishga yaqinligi to‘g‘risida xabarlar chiqa boshladi.
Fikrlar