
Superturnirning so‘nggi turida o‘zbeklar qoyil qoldirdi!
Qatarning Doha shahrida shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan “Qatar Masters Open-2023” xalqaro turnirida dunyoning qirqdan ziyod mamlakatidan kelgan shaxmat ustalari g‘oliblik uchun kurashdi.
Eng kuchli shaxmat ustalarini jamlagan A guruhi bahslarida 158 nafar sportchi g‘oliblik uchun dona surdi.
Ushbu guruhda O‘zbekistondan 14 nafar shaxmatchi ishtirok etdi.
Nufuzli turnir g‘olib va sovrindorlari yakuniy – to‘qqizinchi turda yakunlandi. Musobaqaning oxirgi turidagi markaziy uchrashuv hammadan ko‘p – olti yarim ochko to‘plagan hindistonlik Erigaisi va undan yarim ochkoga ortda qolayotgan Nodirbek Abdusattorov o‘rtasida kechdi.
Oq donalarda o‘ynagan grossmeysterimiz o‘zi singari mag‘lubiyatsiz o‘ynab kelayotgan hind shaxmatchisini mot qildi. Bu mag‘lubiyat Arjunga qimmatga tushdi. Nodirbek ushbu g‘alaba bilan adashi - Nodirbek Yoqubbovni chempionligini ta’minlab berdi.
Grossmeyster Yoqubboev ham Hindiston shaxmat maktabi vakili Murali Kertikeyan bilan kuch sinashib, raqibini engdi.
To‘qqizta imkoniyatdan eng ko‘p – ettidan ochko jamg‘argan Nodirlar birinchi va ikkinchi o‘rinni bo‘lishib oldi. Qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, g‘oliblik Yoqubboev birinchi, Abdusattorovga ikkinchi o‘rin berildi.
Iste’dodli shaxmatchilarimizdan Javohir Sindarov oxirgi uchrashuvni mashhur shaxmat ustasi Anish Giriga qarshi o‘tkazdi. Niderlandiyalik grossmeyster boshlab bergan partiyada kuchlar teng keldi.
Javohir ochkolari sonini olti yarimtaga etkazdi. Biroq Sindarov bilan bir xil ochko jamg‘argan hinistonlik Narayanan qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra, uchinchi o‘ringa chiqib oldi. Javohir Sindarov kuchli to‘rtlikdan joy egalladi.
Xalqaro turnirning so‘nggi turida o‘zbekistonlik shaxmat ustalari quyidagi natijalarni qayd etdi:
Inayan (Hindiston) – Jahongir Vohidov – durang;
Chen Zou (Xitoy) – Shamsiddin Vohidov – durang;
Abdumalik Abdusalimov – Mittal Aditya (Hindiston) – durang;
Muhammadali Abdurahmonov – Said Xalil Musaiy (Eron) – durang;
Muhiddin Madaminov – Sambit Panda (Hinliston) – g‘alaba;
Al Mitayax (Hindiston)- Bobur Sattorov – durang;
Muhammadzohid Suyarov – Shayamkirxil (Hindiston) – mag‘lubiyat;
Mayang Chakraborti (Hindiston) – Saidakbar Saydaliev – durang;
Muhammad Nubayrshoh (Hindiston) – Bahrom Bahrillaev – mag‘lubiyat;
Benjamin Xaldorsen (Norvegiya) – Olmos Rahmatullaev – mag‘lubiyat;
Raja Kartnik – Humoyun Bekmurodov – g‘alaba.
Chempion Nodirbek Abdusattorov ishtirokidagi o‘yinda aniqlanadi
Superturnirda o‘zbek derbisi bo‘ladi!
Nodirbek peshqadamni to‘xtatgani ikki grossmeysterimizga juda qo‘l keldi
Fikrlar