
"Surxon" bir qator futbolchilar bilar shartnomani uzaytirdi
Termizning "Surxon" jamoasi Nodirxon Ne’matxonov, Dmitriy Pletnyov hamda Davron Merganov bilan kelishuvni uzaytirdi.
"Nodirxon Ne’matxonov o‘tgan mavsumda katta progressga erishdi va Surxon tarkibida himoyaning etakchi futbolchisiga aylandi. 2024 yilgi mavsumida Ne’matxonov 24ta uchrashuv o‘tkazdi. Ushbu bahslarda 7ta "quruq o‘yin" qayd etildi
Rossiyalik legioner Dmitriy Pletnyov ham, maydon markazida ko‘plab futbol ekspertlarga yaxshi taasurot qoldirdi. "Surxon" tarkibida Pletnyov 30ta o‘yin o‘tkazib, gol+pas tizimi bo‘yicha 4ta ball oldi (2ta gol, 2ta assist).
Yosh surxondaryolik posbon Davron Merganov ham yaxshi mavsum o‘tkazdi. Ayniqsa, 2-davrada bo‘lib o‘tgan "Paxtakor" jamoasiga qarshi seyvlar muxlislarning e’tiborini tortdi.
Ushbu futbolchilar "Surxon" tarkibida ko‘plab g‘alabalarga munosib hissa qo‘shib olishiga biz ishonamiz va ular bilan birga yuqori maqsad sari ishlashda davom etamiz", - deyiladi klub matbuoti xabarida.
Fikrlar