"Surxon" klubi SPORTS.uz saytida chop etilgan intervyudagi fikrlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Kim haq: klubmi yoki futbolchi?

  • 8 yanvar, 2021, 23:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun SPORTS.uz saytida o‘tgan mavsum "Surxon" klubi sharafini himoya qilgan va yaqindagina "Turon" yig‘iniga qo‘shilgan Jahongir Mehmonovning intervyusi chop etildi. Unda himoyachi "Surxon"dagi faoliyati borasidagi fikrlarini bayon etgan.

Tecno

Ushbu materialdan so‘ng, termizliklar matbuot xizmati futbolchining aytgan gaplari uchun munosabat bildirdi. 

- 2021 yilning 8 yanvar kuni o‘tgan mavsum "Surxon" tarkibida to‘p tepgan Jaxongir Mexmanov sports.uz saytiga bergan intervyusida "Surxon" futbol klubi haqida bir qator salbiy fikrlarni bildirgan. "Surxon" futbol klubi futbolchi Jaxongir Mexmanov bilan bog‘liq quyidagi faktlarni ma’lum qiladi:

- "Surxon" futbol klubi 2020 yilning 6 yanvar kuni futbolchi Jaxongir Mexmanov bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi. Ushbu shartnomaning 7.2 bandida "Ish beruvchi chempionat o‘yinlarini dastlabki 1-6 o‘rinlarida yakunlasa, ishchiga o‘zi bilan kelishilgan summani" olishi haqida aytib o‘tilgan. Lekin "Surxon" mavsum yakunida 12-o‘rinni egalladi va bu o‘z-o‘zidan anglatadiki, futbolchiga hech qanaqa rag‘batlantirish puli berilmaydi.

"Turon"da futbol uchun barcha sharoit bor, "Surxon"da esa...Yoxud klubini o‘zgartirgan futbolchidan ochiq gaplar

LOK v SUR (49)

Bundan tashqari, futbolchi Jaxongir Mexmanov o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasini oxirigacha bajarmadi va qo‘pol ravishda buzdi. Yani futbolchi bilan mehnat shartnomasi 30 noyabr kuni o‘z nihoyasiga etishi ko‘rsatib o‘tilgan. Lekin futbolchi Superliga 25-turidan o‘rin olgan "Metallurg" bilan uchrashuvdan so‘ng, klub bilan Termiz shahriga qaytmasdan, hech kimning ruxsatisiz o‘z uyiga Namanganga ketib qolgan.

Qolaversa, "Surxon" jamoasi Termiz shahrida emas Toshkent shahrida barcha sharoitlarga ega mehmonxonada istiqomat qilgan.

"Surxon" futbol klubi xabarlarda keltirilayotgan mazkur holatlarni rad etib, Sizlardan aholi orasida turli mish-mishlar paydo bo‘lishiga, ularda salbiy fikr va ishonchsizlikni shakllantirishga olib keladigan ushbu mazmundagi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikni so‘raydi!, - deyiladi klubning rasmiy munosabatida.

Quyida siz Jaxongir Mexmanovning to‘liq intervyusi bilan tanishishingiz mumkin >>>>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!