
"Surxon" nazorat uchrashuvida "Xo‘jand"ga yutqazdi
Bugun Toshkentda “Surxon” jamoasi yangi bosh murabbiy boshchiligidagi dastlabki o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Oldin xabar berganimizdek, Tojikistonning “Xo‘jand” klubi termizliklarning raqibiga aylandi.
Ushbu qarama-qarshilikda “Surxon” “Xo‘jand”ga 1:2 hisobida yutqazib qo‘ydi. Qizig‘i, o‘tgan yili “Navbahor”da to‘p surgan va yaqinda “Xo‘jand” safiga qo‘shilgan hamyurtimiz Shoxruh Mahmudxojiev termizliklar darvozasini ishg‘ol qildi. Tojikistonliklarning yana bir goli Daler Yodgorov hisobiga yozildi. “Surxon” a’zosi Jasur Xolto‘raevning goli esa jamoasini mag‘lubiyatdan qutulib qolishi uchun etarli bo‘lmadi.
Fikrlar