"Surxon" yana bir braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi

  • 12.08.2019 22:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, Termizning «Surxon» jamoasi davralar oralig‘ida ikki nafar braziliyalik futbolchilar bilan shartnoma imzolagan edi. Ularning bir nafari ya’ni Lukas kuni kecha «Lokomotiv» jamoasi bilan bahsda maydonga tushdi.

Bugun, Braziliyalik ikkinchi legioner Duglas ham Kiev-Toshkent havo yo‘llari orqali yurtimizga etib keldi. E’tiborlisi u ikki hafta davomida Donetskning «Shaxtyor» klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etdi. Duglas, ertadan «Surxon» jamoasi mashg‘ulotlarida ishtirok etadi.

Duglas va Lukasni «Surxon» jamoasiga olib kelgan futbol agenti Paulo Riberio haqida qisqacha ma’lumot:

Paulo Riberio - Braziliya davlatida tug‘ilgan. Keyinchalik u Angola davlatiga ko‘chib o‘tgan. Futbolga bo‘lgan qiziqishi yuqoriligi sabab, Ukraina davlatiga ko‘chib o‘tadi va «Shaxtyor» klubida «selektsioner» sifatida ish boshlaydi.

Paulo «Shaxtyor» klubiga:

Marlos;
Jadson;
Elano;
Fernandino;
Maykon;
Luis Adriano;
Matuzalem;
Villian;

Fred kabi futbolchilarni taklif qilgan va ushbu futbolchilar Paulo Riberio orqali butun dunyoga tanilgan.

«Surxon» futbol klubi mashhur futbol agenti Paulo Riberio bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Surxon turon
13/08/2019 10:07
Биртинга қиммат фидболчини обкегандан кӯра сурхонда ёш ёш йигитларни таёрласин шу пулга далбалар
Murod Panjiev
13/08/2019 07:30
Иш килиб фойдаси тегсин сурхонга ушбу уйинчини омад сурхонга