"Surxon"ning yana bir futbolchisi poytaxt grandi safiga borib qo‘shildi
O‘tgan mavsumni “Surxon” safida o‘tkazgan Abdul Aziz Yusupov faoliyatini Toshkentning “Lokomotiv” klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda termizliklar rasmiy sayti xabar bermoqda.
Ma’lumot uchun, Abdul Aziz Yusupov “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U faoliyati davomida “Qo‘qon-1912”, “Tsementchi”, “Neftchi” kabi jamoalarda o‘ynagan.

Fikrlar