Svetlana Kuznetsova chorak final yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi
Rossiyalik tennischi Svetlana Kuznetsova Shveytsariyaning Lugano shahrida o‘tayotgan xalqaro turnirning ikkinchi davrasiga chiqib oldi.
Musobaqaning birinchi davrasida Svetlana hamyurti Ekaterina Aleksandrovani 3:6, 6:2, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa Kuznetsovoy "Samsung Open"ning chorak finaliga chiqish uchun mezbonlar vakili Timea Bachinski, yoki germaniyalik Tamara Korpachga qarshi kortga chiqadi.

Fikrlar