Tadqiqot: Jahon chempionati kompaniyalarga milliardlab dollar zarar keltirishi mumkin

  • 03.06.2026 06:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionati futbol muxlislari uchun katta bayram bo‘lsa-da, ish beruvchilar uchun muayyan muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

UKG kompaniyasi tomonidan Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va AQShdagi 8000 nafar xodim o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, turnir sabab ish unumdorligi pasayishi mumkin. Tadqiqot mualliflari hisob-kitobicha, bu holat ish beruvchilarga taxminan 17 milliard dollarga tushadi. Shundan 11,7 milliard dollari AQSh hissasiga to‘g‘ri keladi.

So‘rov ishtirokchilarining 37 foizi Jahon chempionati tufayli ish jadvaliga o‘zgartish kiritishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, 27 foiz xodim o‘yin kuni kamroq ishlashi mumkinligini bildirgan. Ular kechroq ishga kelish, ertaroq ketish yoki umuman ishga chiqmaslik ehtimolini istisno qilmagan.

Xodimlarning 26 foizi rahbarlarining sabr chegarasini sinab ko‘rishni rejalashtirayotganini tan olgan. Ular orasida 14 foiz kishi o‘yinlar va videosharhlarni yashirincha tomosha qilish niyatida.

Tadqiqotga ko‘ra, har beshinchi xodim (22 foiz) o‘yinlar sabab charchagan holda ishga chiqishini kutmoqda. Yana 11 foiz ishtirokchi esa ishga xumordan chiqmagan holda kelishi mumkinligini aytgan.

Qatnashchilarning 39 foizi ish beruvchilar Jahon chempionatiga befarq deb hisoblaydi. Shuningdek, har beshinchi xodim (19 foiz) ish jadvali turnirni kuzatish imkoniyatiga salbiy ta’sir qilsa, yangi ish qidirish haqida o‘ylab ko‘rishini bildirgan.

Menecjerlar oddiy xodimlarga nisbatan ko‘proq ta’til olishni rejalashtirmoqda. Ularning 42 foizi dam olish kuni olish niyatida bo‘lsa, xodimlar orasida bu ko‘rsatkich 24 foizni tashkil etgan. Shuningdek, menecjerlarning 50 foizi ish jadvalini oldindan o‘zgartirishni so‘ramoqchi, xodimlarda esa bu raqam 34 foizni tashkil qilgan.

Umuman olganda, so‘rov ishtirokchilarining 33 foizi Jahon chempionati davomida kamida bir kunlik ta’til olishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!