
Taekvondo WT. Omonjon Otajonov debyut jahon chempionatidayoq bronza medalini qo‘lga kiritdi!
Ozarbayjonda o‘tayotgan taekvondo bo‘yicha jahon chempionatining bugungi kunini O‘zbekiston terma jamoasi bronza medali bilan yakunladi. -54 kg vazn toifasida bahs olib borgan Omonjon Otajonov musobaqani uchinchi o‘rinda tugatdi.
Yurtdoshimiz shiddatli yarim final jangida janubiy koreyalik Tae-Jun Park bilan bahs olib bordi. Afsuski, bellashuvda Otajonov 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy oldi. Qayd etish joiz, bu yosh sportchimizning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida debyut ishtiroki edi.
Manba: MOQ
Fikrlar