
Taekvondo WT. O‘zbekiston terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi e’lon qilindi
Taekvondo WT muxlislari intiqib kutayotgangan jahon chempionati yaqinlashib kelmoqda. 3 yillik tanaffusdan so‘ng o‘tkaziladigan dunyo birinchiligiga bu yil Meksikaning Gvadalaxara shahri 13-20 noyabr kunlari mezbonlik qiladi. Musobaqa Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun g‘olibga 140 ochko taqdim qilishi unga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, terma jamoamiz murabbiylar shtabi mazkur chempionatda ishtirok etadigan tarkibni e’lon qildi. Unda Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Ulug‘bek Rashitov, Olimpiada ishtirokchilari Nikita Rafalovich, Svetlana Osipova kabi nomdor sportchilar qatorida yangi nomlarni ham uchratish mumkin. Jamoaning to‘liq tarkibi quyidagicha:
-54 kg: Jahongir Xudoyberidev
-58 kg: Amir To‘raev
-63 kg: Niyaz Pulatov
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-74 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salaev
-87 kg: Nikita Rafalovich
+87 kg: Marat Mavlonov
-46 kg: Zuhra Tojimatova
-49 kg: Zarnigor Husniddinova
-53 kg: Sitora Ergasheva
-57 kg: Madina Mirbzalova
-62 kg: Feruza Sodiqova
-67 kg: Ozoda Sobirjonova
-73 kg: Saodat Alieva
+73 kg: Svetlana Osipova
Fikrlar