
Taekvondo WT: Qatardagi turnirda o‘smir va kadetlarimiz 6 ta medalni qo‘lga qiritdi
21-23 oktyabr kunlari Qatar poytaxti Doxa shahrida taekvondo WT bo‘yicha G1 tasnifiga kiruvchi "Qatar Open" musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Ushbu turnirning o‘smirlar va kadetlar toifasidagi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, yakunda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz musobaqa sovrindoriga aylandi:
Oltin:
Laylo Xasanova (-49 kg)
Sevinch Hayitova (-59 kg)
Xudoynazar Shodmonov (-78 kg)
Kumush:
Ahmad Solihov (-59 kg)
E’zoza Naimova (-55 kg)
Bronza:
Yosinbek Odilov (-45 kg).
Manba: O‘zbekiston Taekvondo federatsiyasi matbuot xizmati.
Fikrlar