Taekvondochimiz Zafarbek Karimov jahon chempionatining finalida

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Poytaxtimizda davom etayotgan taekvondo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bugungi kuni terma jamoamiz omadli o‘tmoqda. Biroz avval -41 kilogramm vazn toifasida bahs olib borayotgan vakilimiz Zafarbek Karimov final yo‘llanmasini qo‘lga kiitdi, deya xabar bermoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi. 

Hamyurtimiz musobaqa davomida Ozarbayjon, Kanada, Isroil, yarim finalda Xitoy Taipeyi terma jamoasi vakillarini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Karimov jahon chempionligi uchun eronlik Amirhusayn Noruziga qarshi bahs olib boradi.

Bo‘lajak bellashuvda sportchimizga omad tilab qolamiz. Eslatib o‘tamiz, kechagi bellashuvda Muhammadamin Aliev (-33 kg) terma jamoamiz hisobiga dastlabki medalni taqdim qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!