Tan olgan mardning ishi: Enrike barchasidan rozi

  • 09.12.2022 08:44
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Luis Enrike Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste’foga chiqqaniga munosabat bildirdi.

"To‘rt yil tezda o‘tib ketdi. Meni ikki marta murabbiy etib tayinlaganlarga rahmat aytishim mumkin. Federatsiyaning barcha xodimlariga, o‘zini namunali tutgan va g‘oyaga sodiq qolgan barcha futbolchilarga rahmat.

Kechirasiz, men jamoa uchun ko‘p narsalar qila olmadim. Futbolchilar va murabbiylar manfaati uchun tinimsiz mehnat qilayotgan barcha yordamchi xodimlarga rahmat.

Bizni doim qo‘llab-quvvatlagan muxlislarga eng qiyin damlarda yonimizda turgani uchun tashakkur. Xayrlashish vaqti keldi.

Endi terma jamoaga har tomonlama yordam kerak - Luis de la Fuente barcha maqsadlarga erishish uchun zarur. Olg‘a, Ispaniya! - deb yozdi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Enrike jamoasi JCh nimchorak finalida Marokashga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy bergan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!