Taniqli jurnalist Ronaldu nima sababdan MYuni tark eta olmasligini aytdi

  • 24 avgust, 2022, 17:36
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Portugaliyalik jurnalist Rikardu Lestre "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu nima uchun o‘ziga yangi klub topa olmayotganini tushuntirdi.

Tecno

Lestrening fikriga ko‘ra, asosiy sabablardan biri 37 yoshli portugaliyalikning yuqori maoshi bo‘lib, uni faqat bir nechta klublar to‘lay oladi.

“Ronalduni tarkibga jalb qilish uchun da’vogar klub ko‘p narsani o‘zgartirishi kerak. Uning yuqori darajadagi o‘yinlarini inkor etib bo‘lmaydi, lekin uning katta maoshi va yoshi ko‘pchilikni o‘ylantiradi. 37 yoshli Ronaldu hamon "yirtqich", lekin u endi "Real"dagi Ronaldudan farq qiladi. Hozirda uning tezligi yuqori emas, o‘yin uslubini ham boshqacha.

Ronalduning borligi klubning butun tizimini o‘zgartiradi. Uning yuqori maoshi, yoshi va jarohat olish xavfining oshishi, shuningdek, agar murabbiy uni zaxira o‘rindig‘ida qoldirishga qaror qilsa, jamoada tartibsizliklar kelib chiqish ehtimoli ko‘plab klublarni cho‘chitadi. Ular bunday murakkab ishga aralashishni xohlamaydilar. Bunday narsalar esa top-klublarning obro‘siga foyda keltirmadi. Shu boisdan ham Krishtianu uchun “Manchester Yunayted”da qolib, o‘z etakchiligini isbotlab, yana qahramonga aylangani yaxshiroq”, - deya fikr bildiradi Lestre.

Oldinroq Ronaldu “Manchester Yunayted”ni tark etib, Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoada o‘ynashni xohlayotgani xabar qilingandi.

Ronalduning “qizil iblislar” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. “Transfermarkt” portali futbolchining narxini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!