
Taniqli mutaxassis APLning kuchli to‘rtligidan qaysi jamoalar o‘rin egallashini taxmin qildi
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Gari Nevill Angliya Premer ligasida kuchli 4-o‘rinni egallashi mumkin bo‘lgan jamoalar borasida o‘z taxminlarini bildirdi.
“Menimcha, “Manchester Siti”, “Liverpul” va “Tottenxem” kuchli to‘rtlikdan aniq joy olishadi. Keyingi o‘rin uchun esa "Arsenal", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" kabi jamoalar kurash olib borishi mumkin”, - dedi ingliz mutaxassisi “Sky Sports” nashriga bergan intervyusida.
Angliya Premer ligasining dastlabki 6 turidan so‘ng kuchli to‘rtlikni “Arsenal”, “Manchester Siti”, “Tottenxem” va “Brayton” kabi jamoalar band qilishgan.
“Liverpul” 10 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Mersisaydliklardan yuqoriroqda esa “Manchester Yunayted” va “Chelsi” o‘rin olgan.
Fikrlar