
Tarixda ilk bor Janubiy Koreya muxlislari KHDRga borishi mumkin
JCh-2022 saralash boqsichidan o‘rin olgan Janubiy Koreya va KHDR o‘rtasida bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Janubiy Koreya rasmiylarining ma’lum qilishicha, 15 oktyabr kuni Pxenyanda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv uchun bir guruh muxlislarni yuborishni rejalashtirmoqda.
"Biz KHDR rasmiylari bilan turli kanallar orqali bog‘lanib, muxlislarimizni yuborishni istayotganimiz to‘g‘risida murojaat qilamiz," - dedi Janubiy Koreya hukumat vakili.
Agarda ruxsat olinsa, bu Janubiy koreyalik muxlislarning ilk KHDRga safari bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, ikkala terma jamoa JCh-2010 saralash bosqichida ham bir guruhdan joy olishgan edi va bahslarning har ikkalasi ham neytral maydonda, ya’ni Shanxayda bo‘lib o‘tgan.
Fikrlar