
"Tashkent Open"da finalchilar nomi aniq bo‘ldi
Poytaxtimizda tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida so‘nggi bora o‘tkazilayotgan "Tashkent Open" turnirining final ishtirokchilari aniqlandai.
Musobaqaning yarim final bahsida ukrainalik Katerina Zavatskaya va ruminiyalik Sorana Kirstya o‘zaro to‘qnash keldi. Ushbu uchrashuvda Sorana 6:0, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.
Shuningdek, mazkur bosqichda chexiyalik Kristina Plishkova hamda belgiyalik Van Eytvank Alison raqobatlashdi. Ular o‘rtasidagi o‘yin 6:3, 7:5 hisobida Van fodasiga hal bo‘ldi.
Shu tariqa 21 marotaba o‘tkazilayotgan turnirning finalida Sorana va Van Eytvank bosh sovrin uchun raqobatlashadigan bo‘ldi.
Fikrlar